YCHL qur'asi haqida qisqa fikrlar

Aslanov Jasurbek
15 dek 2014
Hozirgina Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final qur'asi bo'lib o'tdi.

PSJ - "Chelsi"
"Manchester Siti" - "Barselona"
"Bayer" - "Atletiko"
"Yuventus" - "Borussiya D"
"Shalke" - "Real Madrid"
"Shaxter" - "Bavariya"
"Arsenal" - "Monako"
"Bazel" - "Portu"

Qur'adan so'ng ko'pchilik jamoa va futbolchilar raqibi haqida "tvitter"da o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Manchester Siti" : "Chempionlar ligasi qur'asi haqida nima deya olasiz. Bu safar "Barselona"ni Manchestyerda  qanday kutib olamiz?".

"Barselona" : "Manchester Siti" kabi jamoaga qarshi fevralda o'ynash, bizga yaxshi holatga kelib olish uchun katta yordam beradi" Luis Enrike.

Petr Chex: "David Luisning "Stemford Brij"ga qaytishi ... buni qur'adan oldin taxmin qilgan edim".

Toni Kroos: "Qanday qur'a! "Shalke-04" - "Real" uchrashuvida Bene Xyovedes bilan uchrashishdan xursandman".

Aaron Remsi: "Monako"! Muxlislarmiz raqib maydoniga borishdan rohat olishadi ... ajoyib joy, ajoyib qur'a!".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com