YCHL. "Borussiya" musobaqani tark etdi

12 mar 2020, 02:55
Parijda o'tkazilgan YCHL 1/8 final bosqichi javob uchrashuvi nihoyasiga etdi

Unda PSJ Dortmundning "Borussiya"sini mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Gollarga Neymar va Xuan Bernat mualliflik qildi. Mazkur klublar o'rtasidagi dastlabki bahsda 2:1 hisobi bilan nemislarning qo'li baland kelgandi. 

PSJ – Borussiya D. 2:0

11 mart, 01.00, Park de Prens

Gollar:

1:0 – 28 Neymar, 2:0 – 45 Bernat.

PSJ – Navas, Kerer, Kimpembe, Markinos, Bernat, Paredes (Kuassi, 90), Di Mariya (Kurzava, 79), Sarabiya (Mbappe, 64), Guye, Neymar, Kavani.

Borussiya D – Byurki, Xummels, Pishchek, Zagadu, Xakimi (Getce, 87), Djan, Gerreyru, Sancho, Vitcel (Reyna, 71), Azar (Brandt, 69), Xoland.

Ogohlantirishlar:

Xoland (16), Xummels (61), Bernat (68), Neymar (90), Di Mariya (90), Markinos (90), Mbappe (90).

Chetlatish:

Djan (89).

Birinchi uchrashuv natijasi – 1:2.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia