YCHL. Levandovski Messi va Ronalduning natijasidan o'tib ketdi

Eldor Akmurzayev
3 noya 2021, 07:43
Chempionlar Ligasi 4-turida “Bavariya” 5:2 hisobida “Benfika”dan ustun keldi. O'yinda xet-trikka erishgan Robert Levandovski musobaqadagi 80-golini urdi.

U bunga yubiley 100-uchrashuvida erishdi. Polshalik mazkur natijaga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan ko'ra tezroq erishdi. Messi YCHLdagi 80-to'pini 102-o'yinida kiritgan bo'lsa, Ronalduga shuncha gol urishi uchun 116 uchrashuvda maydonga tushish talb qilingandi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Levandovski musobaqa joriy mavsumidagi gollari sonini 8taga (+1 assist) etkazib, yaqqol to'purarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA