

Chiptalar sotuvi 3 ta bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda chiptalar faqat mavsumiy abonement egalariga sotiladi. Unda har bir abonement egasi bir yo'la 3 ta o'yinga maxsus chegirma asosida chipta xarid qilishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda mana shu 3 ta o'yin uchun chiqarilgan chiptalarni istagan xaridor sotib olishi mumkin. So'nggi bosqichda chiptalar alohida bitta o'yinga sotiladi.

Masalan, guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” (27 sentyabr) klubiga qarshi kechadigan uchrashuv uchun chiqariladigan eng arzon chiptaning bahosi 1500 rublni tashkil qiladi. Eng qimmat chipta esa 40 000 rubldan sotiladi.



