YCHL. Bugungi javob o'yinlari oldidan “Angliya futboli” storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
14 apr 2021, 21:20
Bugun, aniqrog'i, Toshkent vaqti bilan 15 aprelga o'tar kechasi Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan navbatdagi javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bo'lajak ikki o'yin oldidan Instagram'dagi “Angliya futboli” storisida so'rovnoma o'tkazildi va eng qizig'i ularda ustunlik inglizlarga emas, nemis va ispan klublariga berildi.

“Borussiya D” – “Man Siti”

“Etihad”da o'tgan bahsda Pep Gvardiola shogirdlari qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchgandi. So'rovnomada qatnashgan 52 foiz muxlis bugun dortmundliklarning g'alabasiga ishonmoqda, “Siti” esa 48 % ovoz to'plagan.

“Liverpul” – “Real”

Madridliklar dastlabki o'yinda 3:1 natijasida raqiblarida ustun kelgan. Storisdagi ovoz berish jarayonida bu safar ham ustunlik Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoaga berilgan – 53 ga 47 foiz “Real” foydasiga.

Instagram'dagi @angliyfutboli sahifasiga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia