

Guruh bosqichining so'nggi turi oldidan pley-offga yo'llanma oluvchi 12 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurdi. Faqatgina yana 4 jamoa nomi kim bo'lishini oxirgi tur aniqlab beradi.

Vazifani muddatidan avval hal etishga ulgurgan jamoalar ro'yxati:
"Atletiko", "Ayaks", "Bavariya", "Barselona", "Borussiya", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Portu", "Real", "Roma", "Shalke", "Yuventus"
1/8 finalga yo'llanma olishi mumkin bo'lgan jamoalar:
"Inter", "Tottenxem", "Liverpul", "Lion", "Napoli", PSJ, "Shaxtyor".
Yevropa ligasiga o'ynashi ma'lum bo'lgan jamoalar:
"Benfika", "Bryugge" va "Valensiya"
Yevropa ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan jamoalar:
"Viktoriya", "Galatasaroy", "Lokomotiv", "Xoffenxaym", "Crvena Zvezda", SSKA
Guruhda oxirgi o'rinni olishi ma'lum bo'lib ulgurgan jamoalar:
"Monako", AEK, PSV va "Yang Boyz"

So'nggi tur oldidan beshta guruhda (A, D, E, G, H) pley-off yo'llanmalari sohiblari aniq bulib ulgurdi. Qolgan uch guruhda hozircha barcha masalaraga oydinlik kiritilgani yo'q. Eng yuqori intriga va kurash kutilganidek "C" guruhida kechmoqda. Bu "kvartet"da nima ruy berishini oxirgi tur aniqlab beradi. Hozircha hech bir jamoa masalani butkul o'z foydasiga og'dira olgani yo'q. "Napoli", PSJ va "Liverpul"da keyingi bosqich chiqish imkoniyatlari saqlanib turibdi.
Aniq raqam va faktlar:
Eng ko'p gol urgan jamoa - "Manchester Siti" (14)
Eng kam gol o'tkazgan jamoalar - "Borussiya", "Bavariya", "Ayaks", "Real", "Yuventus", "Manchester Yunayted" (-2)
Eng kam gol urgan jamoalar - "Monako", AEK, "Yang Boyz" (2)
Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - "Viktoriya" (-15)
Umuman yutqazmagan jamoalar: - "Napoli", "Bavariya", "Lion", "Ayaks", "Portu", "Barselona"
Umuman g'alaba qozonmagan jamoalar - "Yang Boyz", "Xoffenxaym", AEK, PSV, "Monako"
Eng ko'p ochko to'plagan jamoalar - "Bavariya", "Barselona" va "Portu" (13)

To'purarlar:
Robert Levandovski ("Bavariya") - 6
Lionel Messi ("Barselona") - 6

Eng yaxshi assistent:
Riyad Maxrez ("Manchester Siti") - 4
Yevropa chempionlar ligasi haqida batafsil ma'lumotlar shu yerda



