YCHL 2020/21 yilgi mavsumning dastlabki saralash raundi boshlandi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2020, 22:05
Nufuzli musobaqa yangi mavsumining ilk o'yini bo'lib o'tdi.

Unda San-Marino chempioni “Tre Fiori” hamda SH.Irlandiya chempioni “Linfild” o'zaro to'qnash keldi. Bahsda “Linfild” 2:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlabki raund. 1/2 final

8 avgust. Non. "Kolovrey".

Tre Fiori (San-Marino) - Linfild (SH.Irlandiya) - 0:2 (0:0)

Gollar: Eri, 71 (0:1). Manzinga, 83 (0:2).

Chetlatish: Prakuchchi, 86.

Dastlabki bosqich doirasidagi yarim finalining yana bir o'yini esa birozdan so'ng “Drita” (Kosova) va “Inter” (Andorra) o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuvlar Non shahridagi neytral maydonda o'tishi belgilangan. Final bahsi esa 11 avgust kuni o'tkaziladi.

Umuman, YCHLning asosiy kvalifikaciya raundi 18 avgustdan boshlanadi:

Birinchi bosqich – 18-19 avgust;

Ikkinchi bosqich – 25-26 avgust;

Uchinchi bosqich – 15-16 sentyabr;

Guruhga chiqish uchun pley-off raundi: 22-23 va 29-30 sentyabr.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia