Dzyuba - "Zenit"ning 2018/2019 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi

17 iyun 2019, 20:35
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Klub muxlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 30 yoshli forvard 56,59% ovoz to'pladi. Undan keyingi o'rinlar Sebastyan Driussi (18,72%), Sardor Azmun (15,17%), Vilmar Barrios (5,65%) va Daler Kuzyaevga (3,88%) nasib etdi. 



Qayd etish kerak, o'tgan mavsum Artyom Dzyuba barcha musobaqalarda "Zenit"ning 37 o'yinida maydonga tushdi va 13 tadan gol hamda assist muallifiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/zenit_spb