Dzyuba to'purarlar poygasida Shomurodovdan o'zib ketdi

7 dek 2019, 01:07
RPL 19-turida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Dinamo"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvda "Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba ham o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Ushbu gol Dzyuba uchun Rossiya chempionatidagi 11-gol bo'ldi. U musobaqa to'purarlari poygasida mutloq peshqadamga aylanib oldi.

To'purarlar poygasida "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov va "Krylya Sovetov" klubi futbolchisi Aleksandr Sobolevlar 10tadan gol bilan ikkinchi o'rinni band qilganlar.

Shuningdek, Dzyuba Rossiya chempionatida "gol+pas" tizimida ham yetakchilik qilmoqda, uning hisobida 20 (11+9) ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia