Dzyuba Eldor Shomurodov bilan to'purarlik poygasi haqida: "Kurash hali yakunlanmagan - biz jang qilamiz!"

Sherzod Nurmatov
28 may 2020, 01:20
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya Premer-ligasining ushbu mavsumidagi to'purarlik poygasi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jang hali yakunlanmagan. Shomurodov zo'r hujumchi, u menda yaxshi taassurot qoldirgan. Jamoadoshim Syerdar Azmun ham har qanday vaqtda ushbu poygaga qo'shilishi mumkin. Shunday qilib, g'alaba qozonish unga oson bo'lmaydi, lekin bu haqiqatdan qiziqarli! Biz kurashamiz.

To'g'ri, men shunday futbolchimanki, kim eng yaxshi vaziyatda turgan bo'lsa, o'shanga to'pni uzataman. Syerdar Azmunga ham buni har doim aytaman. Agar faqat gollarga e'tibor qaratadigan bo'lsangiz, siz gol urolmaysiz. Bu futbol qonuni. Avvalo, jamoa haqida o'ylashingiz va ochkolarni to'plashingiz kerak.

Yaxshi o'yin bilan barchaning gol urish imkoniyati bo'ladi. Ayniqsa, biz hujumchilarda vaziyat ko'p bo'ladi".

Avvalroq, Dzyuba Rossiya chempionatini qayta tiklash to'g'risidagi qaror to'g'ri ekanligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccer.ru