Duglas Pereyra: Barselonada qolaman va hech qaerga ketmayman

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2014, 21:47
Barselona himoyachisi Duglas Pereyra klubga kelishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Shunday kuchli klubga o'tganimdan xursandman, bu yerda barcha o'ynashni orzu qiladi. Umid qilamanki, o'zimni ko'rsata olaman.

Braziliyaning eng mashhur klublaridan biri bo'lgan San-Paulu safida o'ynadim. Yangi klubim safida sovrinlar yutishni istayman.

Raqobatdan qo'rqmayman, Dani Alves va Martin Montoyya yaxshi futbolchilar, ammo barchasini murabbiy hal qiladi.

Agentlarim Barselona bilan kelishib olishdi, ijaraga ketmayman, shu yerda qolaman, – deydi Duglas Pereyra.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru