Dubaydan yozamiz! Osiyo Kubogi-2019 qur'asiga tayyorgarlik davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
4 may 2018, 19:24
Xabaringiz bor, bugun BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubayda Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu marosimni yoritish maqsadida futbol muxlislarining sevimli sayti "Championat.asia"dan ham vakil tashrif buyurgan. Hozirda Burj Xalifadagi "Armani Hotel" mehmonxonasida qur'aga tayyorgarlik davom etmoqda. Bu yerda mehmonxonaga kiraverishdayoq futbol muhitiga duch kelasiz.

Ko'plab OFK vakillari hamda OAV xodimlari shu yerda. Qur'a marosimi o'tkaziladigan zalda jurnalistlar uchun alohida joy qilingan bo'lib, ishlash uchun sharoit bor, lekin to qur'a marosimi tugamaguncha intervyu olishga ruxsat berilmaydi.

Shu o'rinda yana bir bor savatchalarni eslatib o'tamiz.

1-savatcha

BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Xitoy
Suriya
O'zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg'iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha
KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston

Demak, O'zbekiston terma jamoasi 2-savatchadan joy olgan va bugun vakillarimiz guruhdagi raqiblarini bilib olishadi. Shunisi aniqki, BAA musobaqa mezboni bo'lgani uchun mazkur yurt terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olib bo'lgan.

Sizningcha, O'zbekistonga raqib sifatida qaysi jamoalar tushgani maqul? Bu borada o'z taxminlaringizni bildirishingiz mumkin. Tadbir esa mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti 20:30)da start oladi.


Xayrullo Xoliqov Dubaydan championat.asia uchun mahsus


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia