Drogba: "Salah menga: "Gol ura olmayapman. Nima uchunligini bilmayman", deb yozgan paytlar bo'lgan"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2017, 21:28
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Dide Drogba "Liverpul" vingeri Muhammad Salahning o'yinidagi o'sish haqida fikrini bildirib o'tdi.

Bir paytlar bu ikki futbolchi "Chelsi"da birga o'ynagan.

"Salah haqiqiy yetakchiga aylandi. Biz buni Misr terma jamoasida va "Liverpul"da ko'ryapmiz.

U urgan gollarini qanday nishonlayotganiga qarab aytishim mumkinki, u nima qilishni biladi. U endi aqldan ozganlarcha yugurmayapti, shunchaki o'zini tutishi bilan: "Ha, bu men", demoqda.

Shunday vaqtlar bo'lganki, u menga: "Gol ura olmayapman. Nima uchunligini bilmayman", deb yozgan. Men unga: "Bu shunchaki vaqt savoli va o'zinga ishon", deb aytganman.

Muhammad o'z driblingi bilan kutilmagan qarorlar qabul qiladi, u yanada kuchliroq bo'ldi va gollar urmoqda.

Shunday vaqtlar bo'lganki, u menga: "Gol ura olmayapman. Nima uchunligini bilmayman", deb yozgan. Men unga: "Bu shunchaki vaqt savoli va o'zinga ishon", deb aytganman.


Qachon sen o'zinga ishonsang, hamma narsa bo'lishi mumkin. Endi esa siz uning qanday qilib gollar urayotganini kuzatishingiz mumkin", - dedi Drogba.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com