Drogba "Oltin to'p" haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2021, 20:13
"Chelsi" va Kot-d'Ivuar terma jamoasining sobiq hujumchisi Dide Drogba "Oltin to'p" uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oltin to'p" uchun kurash hech qachon bunchalik og'ir bo'lmagan. Oxirgi jarayon yaqinlashmoqda, Ronaldu va Messi hali safda, lekin boshqa futbolchilarning ham kurashga qo'shilish vaqti keldi. Da'vogarlar orasida juda zo'r futbolchilar borligi ajoyib", – dedi Drogba.

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" 29 noyabr kuni Parijda topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato