Drogba: “Men ham “Chelsi” bazasiga yo'l oldim”

Eldor Akmurzayev
21 okt 2020, 22:15
“Aristokratlar” sobiq forvardi Dide Drogba 2019 yil foaliyatini tugatgan Petr Chexning APL qaydnomasidan joy olgani haqida fikr bildirdi.

“Ko'klar” muxlisi Drogbaga Twitter orqali: “Do'stim, butsalarni olish vaqti keldi”, deb murojaat yo'lladi.

Ivuarlik esa bunga: “Allaqachon Kobxem (“Chelsi” bazasi)ga yo'l oldim”, deya javob qaytargan.

Eslatib o'tamiz, Chex va Drogba birgalikda 2004-2012 yillar, shuningdek, 2014/15 yilgi mavsum ham “Chelsi” sharafini himoya etgan.

Rasman: Petr Chex futbolga qaytdi!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru