Dris Mertens: “Marsel”ga qarshi o'yinda olti ochko yig'ishimiz kerak

Tolibjon Qosimov
23 okt 2013, 15:50
“Napoli” klubi yarim himoyachisi Dris Mertens “Marsel”ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z tasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Marsel”ga qarshi o'yinda olti ochko yig'ishimiz kerak. “Arsenal” va “Borussiya” kuchli raqiblar. Ular bo'lar bo'lmasga ochko yo'qotishmaydi. Shu sababli har bir imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak.

Shamolga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ldi, biroq bo'lim bizlar uchun omadli keldi. “Marsel” yaxshi jamoa, ularda o'yin suratini keskin o'zgartira oladigan Valbuena bor. Biroq biz o'yinni o'z qo'limizga ola bildik va raqibimizdan kuchliroq o'yin namoyish etdik. Men bu o'yinda “Napoli”ning boshlang'ich tarkibida birinchi marotaba maydonga tushdim va bundan mamnunman”, - deydi Mertens.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru