Draksler "Yuventus"dan yiliga 5 mln. evro olmoqchi
Aslanov Jasurbek
21 iyul 2015, 10:47
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi Germaniyada "Shalke-04" yarim himoyachisi Yulian Draksler va uning agenti bilan uchrashdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi va uning vakillari Drakslerning "Shalke-04"dagi maoshini 2 baravar ko'paytirmoqchi. Shunday qilib uning yillik maoshi 5 mln. evroga o'sishi mumkin.