Dotmundning “Borussiya”si himoyachi Xummelsni “Barselona”ga sotilishi xaqidagi xabarlarni inkor etdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2013, 14:30
Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Mats Xummelsni ispan grandiga sotishi xaqidagi xabarlarni inkor etdi.
Kuni kecha nemis OAVlarida asosiy mavzu Kataloniya klubi himoyachi uchun 35 million evro berishga tayyor, o'z navbatida “Borussiya” ham bu transferga roziligi va himoyachiga “Barselona” bilan muzokaralar olib borishga ruxsat berganligi xaqidagi xabarlar tarqaldi.

Biroq, dortmundliklarning bosh direktori Xans-Yoaxim Vacke bu shunchaki jurnalistlar o'ylab chiqargan cho'pchak ekanligini aytib o'tdi.

“Nima ham deya olaman - manosiz xabar. Xummelsning “Barselonaga” transferi? , bu OAV vakillarining uydurmasi xolos” - deydi Vacke.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru