

- "Biz uyinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Chunki bahs qiyin bo'lishini bilardik. Shunga qaramay, faqat va faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik.
Bu o'yinda jamoamizga bitta gol yetishmadi. Umuman olganda, ikki jamoada ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi.
Albatta, natijadan qoniqish hosil qilmadik. Durang ko'proq "Andijon" uchun yaxshi bo'ldi degan bo'lardim.
Biz Superligaga qaytish uchun oxirgacha kurashamiz. Hozirda holatimiz biroz qiyin. Lekin imkoniyatlarimizdan foydalanib, vazifani bajarishga harakat qilamiz.



