

Samarqandliklar mashg'ulotlariga Pro liga to'purarlaridan biri, Do'stlik jamoasining yetakchisi Sherzod Qodirov qo'shilgan. Bu haqida saytimiz vakili Abdulaziz Iskandarov xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Sherzod Qodirovni ikkinchi davrada Dinamoga o'tishi haqida xabar bergandik.
"Do'stlik" jamoasiga Aleksey Estafeev bosh murabbiy bo'lgach Pro liganing oxirgi 6 o'yinida Sherzod Qodirov 6ta gol urishga erishdi. Ayni paytda u to'purarlar poygasida 7ta to'p kiritgan "Mashal" hujumchisi Humoyun Murtazoevdan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.



