Dortmundning "Borussiya" klubi "Zenit" forvardi Azmun bo'yicha ma'lumot so'radi

Alisher
5 may 2021, 15:10
Dortmundning "Borussiya" klubi "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmun uchun da'vogarlik qilmoqda.

Nemis klubi Sankt-Peterburg klubidan 26 yoshli eronlik futbolchi borasida ma'lumot so'radi.

Azmun joriy mavsum "Zenit" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 23 million evroga baholamoqda. Oldinroq xabar qilinganidek, o'yinchiga "Roma", "Atalanta" va "Valensiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira