Donnarumma PSJga o'tishining asosiy sababchisi kim ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2021, 23:50
Darvozabon Janluijji Donnarumma "Milan"dan PSJga o'tishining asosiy sababchisini aytdi.

"Bu klub haqida doimo iliq fikrlar eshitganman. Janluijji Buffon bilan suhbatlashganimda u menga klubning tarixini, ichki muhiti ajoyib ekanligini aytib berdi.

Ushbu suhbat mening bu erga kelishimga asosiy turtki bo'ldi. Bundan xursandman. Ushbu klubning bir bo'lagi bo'layotganimdan xursandman. Barchamiz birgalikda g'alabalarga erishamiz", - dedi Donnarumma.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside