"Donkaster" Makedani bir oyga ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 16:02
"Manchester Yunayted" hujumchisi Federiko Makeda "Dokster" klubiga ijaraga jo'natildi.
Ijara faqatgina bir oyga mo'ljallangan. Bugun hujumchi yangi jamoa safida mashg'ulot o'tkazgan.

"Donkaster" tarkibida u seshanba kuni "Uotford"ga qarsh o'yinda maydonga tushishi mumkin.

So'nggi marta 22 yoshli futbolchi "MYU" tarkibida o'tgan yilning 5 dekabr kunida CHFRga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda maydonga tushgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru