Doniyor Narzullaev: "Prezidentimizga katta rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2018
Osiyo chempioni Doniyor Narzullaev saytimizga intervyu berdi.

"Bunchalik e'tibor bo'lishini kutmagan edik. Prezidentimizning e'tiborlaridan barchamiz xursand bo'ldik va g'ururlandik. Murabbiyimiz Ravshan Haydarov va "Nasaf"dagi murabbiyimiz Ro'ziqul Berdievga rahmat aytaman.

Shaxsan men uchun Xitoy bilan o'yin qiyin bo'ldi. Sababi ular o'z maydonida o'ynashdi. Ham himoyada, ham yarim himoyada ham o'ynayveraman. Nisabatan yarim himoyada o'ynash menga yoqadi. Toshkentda bizni ajoyib tarzda kutib olishdi. Buni xatto tasavvur ham qilmagan edik.

Final uchrashuvi muzlagan maydonda bo'lib o'tdi. Shu bois to'pni jilovlash og'ir bo'ldi. Matbuotni kuzatib boraman. Muxlislarimiz bizdan g'alabani kutishayotgandi. Sababi muxlislarga befarq emasman. Ularning tanqidlari va maqtovlarini o'qib borishga harakat qilaman. Futbol muxlislar uchun.

Prezidentimiz tomonidan berilgan Malibu avtomashinasini otamga sovg'a qilmoqchiman", - deydi Doniyor Narzullaev.  




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia