Viktor Gyokeresh MYUga o'tadimi? Uning o'zi javob berdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2024
"Sporting" hujumchisi Viktor Gyokeresh mavsum yakuniga qadar jamoasida qolmoqchi.

Oldinroq Ruben Amorimning MYUda ish boshlaganidan keyin Portugaliya klubi to'purari ham Manchesterda paydo bo'lishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

"Bu haqda o'ylamayapman. Mish-mishlar hech nima degani emas. Albatta, "Sporting"da mavsumni yakunlashni istayman, bu er menga yoqadi. Bu xabarlardan keyin fikrlarimda hech qanday o'zgarishlar bo'lgani yo'q.

Amorimning o'zida ham yaxshi hujumchilar etarlicha. Uning "Sporting"dan ketgani biz uchun yomon bo'ldi. U men uchun ko'p narsalarni anglatardi. Chunki Ruben mening rivojlanishim uchun ko'p imkoniyatlar berdi.

Endi yangi murabbiylar shtabi bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman.

Ayni damda yangi jamoa borasida o'ylamayapman. Asosiysi - o'yin amaliyoti. Boshqa faktorlar ham bor, shu sababli buni vaqti kelganda o'ylayman", - dedi Dokeresh.

Ushbu mavsumda Dokeresh Portugaliya chempionatida 11 o'yinda 16 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fotbollskanalen