Diqqat! "BML Kubogi - 1" boshlandi

Nadirkhuja Yuldashev
20 mar 2014, 16:06
Kimda-kim "CA" o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan BML (Bilimdon muxlislar ligasi) Kubogida ishtirok etishni istasa, fikr orqali tasdiqlashingizni so'raymiz.
Kubok soat 16:00dan 17:00gacha davom etadi. Aynan 17:00da so'nggi savol o'ynaladi. Agar shu bosqichga qadar g'olib aniqlanmasa, musobaqa keyingi payshanbada davom ettiriladi.

Kubok shartiga ko'ra, o'quvchilarga fikr orqali savol beriladi va 5 daqiqa davomida javoblar yig'iladi. Har bir savol orasidagi farq 7 daqiqani tashkil etadi. Savolga to'g'ri javob bergan ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi. To'g'ri javob bera olmagan ishqiboz esa, keyingi savollarga javob berishi qatiyan man etiladi.

BML Kubogida soat 16:00ga qadar "zayavka" bergan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
Bugungi kubok o'yinini Nodirxo'ja Yuldashev va Xayrulla Xoliqov o'tkazadilar.

Mavzu: O'zbekiston chempionati.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia