"Dinamo" stadioni yoritish darajasi 2172 lyuksga etkazildi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2024
Dastlabki sozlash ishlaridan so'ng 11 avgust kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadioni projektorlari yoritish darajasi 1174 lyuksdan 1665 lyuksga etkazilgani haqida xabar berilgan edi.

PFLning qatiy talablari asosida ta'mirtalab stadionlarda maydon va umumiy infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda. "Dinamo" stadionida tribuna osti yo'lakchalari, kiyinish xonalari, OAV uchun media tribuna, jamoalar zaxira o'rindiqlari tartibga keltirildi.

Stadionga yangi lampalarni o'rnatish ikki bosqichda olib borildi va kuni kecha yakuniy sozlash ishlari tugallandi. 25 avgust kuni PFL mutaxassisi Samarqandda bo'lib, projektor yoritgichlarini qayta sozlashdan keyingi xulosani taqdim etdi. Endilikda "Dinamo" stadioni yoritish darajasi 2172 lyuksni tashkil etmoqda.

Endilikda "Dinamo" stadioni milliy va xalqaro darajadagi futbol uchrashuvlarini qabul qila oladi. Stadion va klubdan esa mazkur infratuzilmani tegishli tartibda saqlab turish ishlarini uzluksiz amalga oshirish so'raladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz