"Dinamo" oliy liga tarixidagi eng yosh tarkibida maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2017
Bu yilgi Oliy Liganing startini muvaffaqiyatli boshlagan Dinamo jamoasining Metallurg va Sho'rtanga qarshi maydonga tushgan tarkibi Samarqand klubining so'nggi 25 yillik tarixidagi eng yosh tarkibiga aylandi.

Jumladan, Dinamoning 2-turda Sho'rtanga qarshi (3:0) maydonga tushgan tarkibi jamoaning Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibi bo'ldi. Shu kuni jamoaning o'rtacha yoshi - 23,7 yoshni tashkil etdi.

Dinamoning Sho'rtan bilan o'yinda maydonga tushgan futbolchilar yoshi:

Mixail Naumov – 1985 yil / 32 yosh
Mirkomil Lokaev – 1995 / 22 yosh
Bunyod Isroilov – 1995 / 21 yosh
Shohruh Xolmatov – 1993 / 23 yosh
Jasur Azimov - 1994 / 22 yosh
Abdujamol Isroilov – 1996 / 20 yosh
Akmal Bozorov – 1986 / 31 yosh
Damir Nizanov – 1995 / 21 yosh
Orifjon Mamajonov – 1990 / 27 yosh
Javohir Qahramonov – 1996 / 20 yosh
Sardor Sulaymonov – 1994 / 22 yosh

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:

Radu Rogak – 1995 / 21 yosh
Komil Sharofutdinov – 1993 / 23 yosh
Abdumalik Abdullaev – 1989 / 27 yosh.

Dinamo klubi matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz