"Dinamo" muxlislari Zominga otlanishmoqda

Narzulla Saydullayev
28 mar 2014, 14:45
Sevimli jamoasini Samarqanddagi o'yinlarda bo'lgani kabi, safar uchrashuvlarda ham yolg'izlatib qo'ymaydigan Dinamo muxlislari, odatdagidek navbatdagi safar uchrashuviga otlanishmoqda.
Chempionatning dastlabki turida yuzlab muxlislar Qarshida kechgan o'yinda Dinamoni qo'llab-quvvatlashgandi. Shuningdek, Samarqanddagi o'yinda ham ishqibozlarning noqulay ob-havoga qaramay futbolchilarni oldinga boshlashi Dinamoning chiroyli g'alabasiga zamin yaratgandi.

Xabaringiz bor, 3-tur doirasida Dinamo 29 mart kuni Zominda So'g'diyona mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari shanba kuni soat 11:30da Dinamo stadioni oldida to'planib, 12:00da belgilangan avtobus bilan Zomin shahriga jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Sizda ham bunday imkoniyat bor. O'yinda Dinamoni qo'llab-quvvatlashni istagan muxlislar bizga hamroh bo'lishlari mumkin.

Batafsil ma'lumotlar uchun +99891 532 36 57, +99890 657 56 40, telefonlar raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz