Dimitar Berbatov: "Ronaldu hali ham futbol mabudi"

Mirjalol Normatov
2 may 2022
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov mankunianliklar forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Garchi yoshi futbol uchun katta bo'lsa-da, bu uning o'yini va gollariga ta’sir qilmayapti. Bu yoshda APLda shuncha gol urish - aqlbovar qilmas natija. U o'zi qilishi kerak bo'lgan ishni qilmoqda - gollar uryapti.

Uning "Yunayted" bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Menimcha bu yaxshi holat. Biroq uning jamoada qolish yoki kyetishi o'ziga bog'liq. Qolsa undan xursand bo'lardim. Balki bu yangi bosh murabbiyning xohishiga ham bog'liqdir. Ronaldu hozir ham futbol mabudi. Bunday daraja bo'lsang, ko'proq sening xohishing inobatga olinadi.

Ronaldu jamoadan ketsa, uni ayblash noo'rin. Har yili YCHLda o'ynasangiz, bunga o'rganib qolasiz. Birdaniga bir turnirda ishtirok etmasangiz, buni qabul qilish qiyin bo'ladi.

Ushbu mavsumdagi o'yinlari orqali Ronalduning o'ziga qanday e'tibor berishini ko'rishimiz mumkin. Ronaldu yo'qdan bor qilishni, ilojsiz ishning o'zi yo'qligini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Hali ham APL darajasidagi futbolchi ekanligini isbotladi. Odamlar 37 yoshida uni ko'p narsaga qodir emasligini aytishgandi. Ular xato qilishdi.

Menimcha u hali to'xtamaydi va yana bir necha yil futbol o'ynaydi", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal