

"Kubok bahsi bunchalik qiyin kechishini kutmagandim. Derbida 120 daqiqa o'ynadik va ko'p kuch sarfladik. Bundan tashqari, yoshlarni ham sinovdan o'tkazib oldik. Keyingi bosqichga yo'l oldik. Kubok o'yinlariga ham jiddiy qaraymiz.
Qur'ada qaysi jamoa tushishini xohlardim? Qur'a o'z nomi bilan qur'a va unda kim raqib bo'lib tushishi muhim emas",- deydi Vaniev.




