

Yetakchilik xususiyatiga ega bo'lgan tajribali futbolchi jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shganlardan biri bo'ldi deyish mumkin. Shu bois bahsdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.
- Har ikki jamoaga ham g'alaba suv va havodek zarur edi. Shu bois o'yinga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rdik. “Andijon”dan bundan-da kuchli o'yin kutgandim, ochig'i. Birinchi bo'limda o'yini qovushmadi. Ikkinchi bo'limda esa biroz o'yinini kuchaytirishdi. Ammo kech edi. Tezkor gollar g'alabamiz omili bo'ldi – deydi Dilshod Jabborov.



