Diego Simeonening beshinchi farzandi tug'ildi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2019, 13:40
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening oilasida beshinchi farzand dunyoga keldi.

Argentinalik mutaxassisning xotini Karla Pereyra Simeonega qiz tug'ib berdi va unga Valentina deb ism qo'yishdi.

"Xush kelibsan, Valentina" - deb yozdi Simeone "Instagram"dagi sahifasiga.

48 yoshli mutaxassisning 3 nafar o'g'li - Jovanni, Janluka, Juliano va Francheska ismli qizi bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/simeone