Diego Kosta PSJ futbolchisiga aylanishi mumkin

2 apr 2016, 00:10
"Chelsi" jamoasi hujumchisi Diego Kostaning agenti Jorje Mendesh mijozining PSJga o'tishi borasida muzokaralar o'tkazgani oydinlashdi.


PSJ klubi yozda ketishi kutilayotgan Zlatan Ibragimovichning o'rniga hujumchi izlamoqda. Parijliklar Diego Kostaning xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda. Yaqinda PSJ klubi prezidenti Kostaning agenti Jorje Mendesh bilan ushbu masala bo'yicha muzokara o'tkazgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru