Diego Kosta 413 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2017, 01:30
“Chelsi” hujumchisi Diego Kosta Angliya kubogining “Vulverxempton”ga (2:0) qarshi bahsida 89-daqiqada raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

28 yoshli hujumchi 22 yanvardan buyon ilk marta gol urishga erishdi. Oxirgi marta u APL doirasida “Xall” jamoasiga to'p kiritgan edi.

Shu tariqa Kosta o'zining 413 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports