Diego Godin: "Chicharito - haqiqiy yirtqich"

Tolibjon Qosimov
15 mar 2017, 19:57
"Atletiko" himoyachisi Diego Godin YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Bayer"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Unda raqib hujumchisi Chicharito manziliga iliq so'zlarni aytib o'tdi.

"Xaver Ernandes - ajoyib futbolchi, u jarima maydonida ham, undan tashqarida ham juda xavfli. U haqiqiy yirtqich. Unga qarshi juda ham diqqat bilan himoyalanamiz", - deydi Godin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com