Dide Desham: "Norvegiyadek kuchli jamoani mag'lub etdik"

Tolibjon Qosimov
28 may 2014, 11:58
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Norvegiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik (4:0) uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz kuchli jamoa ustidan g'alaba qozondik. Terma jamoalar miqiyosida to'rtta gol urish juda qiyin.

Bu g'alaba bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Bundan tashqari bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldim", – deydi Desham.

Eslatib o'tamiz, JCH-2014da Fransiya Shveytsariya, Ekvador va Gonduras bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru