Dibalada "Yuventus" sport direktori Paratichi bilan konflikt yuzaga keldi

Alisher
19 okt 2020, 11:34
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala klub sport direktori Fabio Paratichi bilan kelisha olmay qoldi.

Dibala Italiya A Seriya 4-tur doirasidagi "Kronote" (1:1)ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi va zaxiradan ham o'yinga qo'shilmadi.

Dibala joriy mavsum Andrea Pirlo qo'l ostida A Seriya doirasidagi birorta o'yinda ham maydonga tushmadi.

Shu sabab Pauloda Fabio Paratichi bilan konflikt yuzaga keldi, Pirlo esa uning o'rniga Manolo Portanova va Deyan Kulushevskini o'yinga tushirgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport