Dibala "Tottenxem"ga o'tishga rozilik bildirdi

Alisher
7 avg 2019, 16:54
"Yuventus"ning argentinalik forvardi boshqa klubga o'tishga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, futbolchi "Tottenxem"ga o'tishga rozilik bildirgan. London klubi rahbariyati Dibala uchun 75 million evro to'lashga rozi.

Qayd etish kerakki, futbolchi bundan oldin "Manchester Yunayted"ning taklifini rad etgani haqida xabar qilingan edi.

Dibala "Tottenxem"da eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanmoqchi va transfer amalga oshsa, u haftasiga 326 ming evro maosh oladi.

Futbolchiga oldinroq Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubidan qiziqish bo'layotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: news.sportbox.ru