Dibala "Sporting"ga qarshi o'yinni "Roma" libosida tomosha qildi

Aziz Tukhtamuradov
20 iyul 2022
Paulo Dibala "Roma"ga o'tishga yaqin.

Argentinalik futbolchi "Roma"ning "Sporting"ga qarshi o'yinini (2:3) stadionda tomosha qildi. 

Dibala tribunada "Roma" libosida ko'zga tashlangan. Hali uning rimliklar safiga qo'shilgani rasman e'lon qilingani yo'q. 

Avvalroq, Dibala "Roma" bilan uch yillik shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. 

U erkin agent sifatida "Yuventus"ni tark etdi. Shu sababli, futbolchi "Roma"ga tekinga o'tmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: GettyImages