Dibala "Real" tufayli "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 15:18
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala klub bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bunga asosiy sabab "Real"ning qiziqishlaridir.
Oldinroq ispan grandi yozgi transfer oynasida iqtidorli argentinalikni xarid qilmoqchi edi. "Yuventus" rahbariyati futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.