Dibala: "Bobom ikki hafta dalada tunagan va ochlikdan o'lishiga oz qolgan"

Tolibjon Qosimov
12 noya 2020
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala bobosi haqida gapirib o'tdi.

"Mening ko'zlarim yashil, lekin qiz o'rtog'im ularni ko'k rangda deydi. Bobomning ko'zlari ham aynan shunday bo'lgan. Bobom 4 yoshligimda olamdan o'tgan, lekin oilamizda ular haqida ko'plab tarixni aytib berishgan.

Bobom Polshadan Janubiy Amerikaga kelganida ikki hafta bug'doy dalasida tunagan va ochlikdan o'lishiga oz qolgan. Yaxshi ham uni qandaydir fermerlar qutqarib qolishgan.

Bobom asta-sekin o'z hayotini qurgan. Men ular bilan faxrlanaman. Uning o'gitlari xuddi otamnikidek edi: O'z harakatlaring uchun javob berish, insonlarni hurmat qilish, barcha jabhalarda shaxs sifatida o'sish", - deb aytib o'tdi Dibala.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: corrieredellosport.it