Dibala "Atletiko"ga o'tadimi? Madridliklar prezidenti mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2018, 14:09
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda "matraschilar" safiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Dibala ajoyib futbolchi, ammo u bilan tanish emasman. Bir marta u ishtirokidagi o'yinni ko'rdim. Dibala Simeone bilan rostoranlarning birida uchrashgani haqiqat. Biroq ular shunchaki ko'rishishgan, jiddiy maqsad bo'lmagan" - deydi Sereso.

Oldinroq, Dibala yozda "Yuventus"dan "Atletiko"ga o'tishi xabar berilan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport