Dibala A seriyada ilk xet-trikka erishdi

27 avg 2017, 00:52
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala A seriyaning 2-turida “Jenoa”ga (4:2) qarshi kechgan bahsda uchta gol urishga erishdi.

Shu tariqa 23 yoshli argentinalik hujumchi A seriyada o'zining ilk xet-trikini nishonladi. Ushbu bahsdagi so'nggi gol esa uning chempionatdagi 50-goli sifatida qayd etildi.

Joriy mavsumda Dibala “Yuventus” tarkibida 10-raqamda harakat qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports