Di Mariya "Yuventus"dan ketganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2023, 23:55
Yarim himoyachi Anxel Di Mariya "Yuventus"dan ketganini ma'lum qildi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarida ma'lumot berdi.

"Faoliyatimning yana bir qiyin davri ortda qoldi. Jamoaning sovrin yutishi uchun bor kuchimni berib, xotirjam ketishim mumkin edi, biroq sovrin yutish imkonsiz bo'ldi.

Omadsizlik kayfiyati bilan ketyapman. Garchi xursand bo'lmasam-da, bu yerda juda ko'p do'stlar orttirdim", - deb yozadi argentinalik.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Di Mariya 2007-2010 yillarda o'ynagan "Benfika" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal