Deyn Skarlett “Tottenxem” tarixiga kirdi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2020, 09:43
“Tottenxem” Yevropa Ligasi 4-turida “Ludogorec”dan 4:0 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida Joze Mourinyu Lukas Mouraning o'rniga Deyn Skarlettni maydonga tushirdi. Skarlett maydonga tushgan vaqtida 16 yosh 247 kunlik edi. Shu tariqa Deyn “Tottenxem” safida evrokuboklarda maydonga tushgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta