

Alfonso Devis tezkor qarshi hujum natijasida qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, kanadaliklarni oldinga olib chiqdi. To'p o'yinning 67-soniyasida darvoza to'ridan joy egalladi - bu joriy jahon chempionatidagi eng tezkor gol bo'ldi.
Biroq yevropaliklar bunga ikki bor javob qaytarishdi va tanaffusga ustunlik bilan chiqishdi.



