Devis ushbu jahon chempionatidagi eng tezkor golni urdi

Оқил Абдубарноев
27 noya 2022, 22:06
Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Kanada terma jamoasi xorvatlar bilan to'qnash kelmoqda.

Alfonso Devis tezkor qarshi hujum natijasida qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, kanadaliklarni oldinga olib chiqdi. To'p o'yinning 67-soniyasida darvoza to'ridan joy egalladi - bu joriy jahon chempionatidagi eng tezkor gol bo'ldi.

Biroq yevropaliklar bunga ikki bor javob qaytarishdi va tanaffusga ustunlik bilan chiqishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia