Devid Moyes: "Jamoa tanqidlarga munosib javob berdi"

26 sen 2013, 09:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya Liga Kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Liverpul"ga qarshi o'yin (1:0) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugungi o'yindagi asosiy vazifamiz, "Liverpul" va "Manchester Siti"ga qarshi APLdagi o'yinlarda namoyish etganimizdan ko'ra ancha ko'proq narsaga qodir ekanimizni isbotlash edi. Jamoa tanqidlarga munosib javob bera oldi".

"Menimcha, jamoa yaxshi natijani qayd etdi. Bu o'yin menga avval maydonga tushmagan bir necha futbolchilarni kuzatib olishga imkon berdi. Endi menda mulohaza uchun etarlicha ozuqa bor".

"Giggz bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi va maydonda yaxshi harakat qildi".

"Biz keyingi raundda uyda o'ynashni istagan edik va shunday bo'ldi. "Norvich" yaxshi jamoa. Keyingi raunddagi raqibimizni hurmat qilamiz", dedi Moyes.


Manba: sports.ru