Devid Moyes: Ser Aleks menga shunday degandi: Sen MYUni boshqarasan

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2013, 22:57
Manchester Yunayted yangi bosh murabbiyi Devid Moyes maxsus matbuot anjumanida qanday qilib klubda ish boshlaganini aytib berdi.
MYUda ishlash bu imtiyoz. Men ser Aleks va klub direktorlar kengashidan minnatdorman. 

Barchasi biroz g'alati bo'ldi. Bu haqda hech nima bilmasdi. Ser Aleks telefon qilib meni o'z uyiga taklif qildi. 

Birinchi bo'lib u menga shunday degandi: Men keyingi hafta iste'foga chiqishimni e'lon qilaman. Sen Manchester Yunaytedning navbatdagi murabbiyi bo'lasan va klubni boshqarasan, – deydi Moyes Sky Sports ga.

Narzulla SaydullayevMuallif